Savdo aylanmangizni sezilarli oshiring!

Biz bilan mijozlaringizga muddatli to‘lov imkoniyatini joriy eting

Tasqit Dashboard

“Taqsit” bu...

“Taqsit” - bu BNPL (buy today, pay letter) tamoyili asosida ishlab chiqilgan dasturiy mahsul. Tizim xamkor tashkilotlarning mijozlariga muddatli to‘lov (nasiya savdo) asosida maxsulot va xizmatlarni sotib olish uchun texnologik va moliyaviy yechimlarni taqdim etadi.

  • Qarz bo'yicha foizlarsiz
  • Penyalarsiz

Hamkorlarimiz:

  • Taqsit partner
  • Taqsit partner

Nima uchun "Taqsit" bilan ishlash qulay?

"Taqsit"ning afzalliklari

  • Mijozga yo'naltirilgan yondashuv
    Mijozga yo'naltirilgan yondashuv

    "Taqsit"da biz har bir biznes noyob ekanligini tushunamiz va biznes ehtiyojlaringizni qadrlaymiz.

  • Mustahkam hamkorlik
    Mustahkam hamkorlik

    Hamkor biz uchun foydadan ko'ra muhimroqdir. U bizning do'stimiz, biz esa do'stlarimizni qadrlaymiz.

  • Foydalanishda qulayligi
    Foydalanishda qulayligi

    Intuitiv oson texnologik yechimlar - barqaror rivojlanishning garovi.

  • Keng funksional imkoniyatlar
    Keng funksional imkoniyatlar

    Barcha operatsiyalarni real vaqtda kuzatish uchun monitoring vositalarni taqdim etish.

  • Sotuvlar oshishi
    Sotuvlar oshishi

    Qulay va ko’proq soting, qolgan ishlar bizning zimmamizda.

  • 24/7 qo'llab-quvvatlash
    24/7 qo'llab-quvvatlash

    Bizning maxsus qo'llab-quvvatlash guruhimiz barcha savollaringizga “24/7/365” rejimida javob berishga tayor.

Ko’p beriladigan savollar

Savol-javoblar

Hamkor bo'lish uchun siz telefon raqamingizni ko'rsatgan holda onlayn ariza topshirishingiz kerak. Shundan so'ng, operator sizga qo'ng'iroq qiladi va hamkorlik shartlarini tushuntiradi.

Hamkorlar bilan shartnoma tuzilgandan keyin, hamkorlar o'zlarining savdo nuqtalarida "Taqsit" tizimining hamkor tijorat banklaridan o’z mijozlari uchun onlayn tarzda qarzni rasmiylashtirishga ko’maklashadi. Shundan so'ng, qarz summasi mijozning virtual hamyoniga tushadi va u avtomatik ravishda savdo tashkiloti va operator (operatorning vositachilik xizmatlari miqdorida) o'rtasida taqsimlanadi. Shartlar har bir savdo tashkiloti bilan alohida muhokama qilinadi.

Savdo tashkilotlari uchun muddatli to'lov sharti bilan sotish operasiyalarining soliq oqibatlari amaldagi soliq tizimidan farq qilmaydi. Savdo tashkiloti darhol o'z mahsuloti (xizmati) uchun to'lovni olganligi sababli, u tegishli soliqlarni to'laydi. Mijozdan qarzni taqdim etish uchun olingan summadan (operator komissiyasi) soliq operator tomonidan to'lanadi.

Mijoz tovar qiymati (savdo tashkilotidagi tovarlarning yorlig'ida ko'rsatilgan narxi) va operator komissiyasi (to'lov muddatiga bog'liq) miqdorida qarz oladi. Keyin mijoz qarzni teng to'lovlarga taqsimlab qaytaradi. Shu bilan birga, qarz bo'yicha foizlar va kechiktirilgan to'lovlar uchun jarimalar mutlaqo ko'zda tutilmagan.

Nazorat va monitoringni amalga oshirish uchun savdo tashkilotiga "Taqsit" tizimida alohida kabinet yaratiladi va unda barcha operasiyalarni real vaqt rejimida kuzatish mumkin. Shuningdek, biznesni tahlil qilish uchun turli xil jadvallar va grafiklar taqdim etiladi.

"Taqsit" bilan hamkorlik

Raqamingizni qoldiring, siz bilan bog’lanamiz